Surxondaryoda ilk bor "Tandir Fest" festivali o‘tkaziladi
2025-04-28 09:40:00 / Yangiliklar
Milliy qadriyatlarimizni, boy oshpazlik an’analarimizni, xalq amaliy san’ati va madaniy merosimizni keng targ‘ib etish hamda yurtimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida joriy yil 2-4-may kunlari Surxondaryo viloyatining go‘zal va betakror maskani — Boysun tumanidagi "Boysun bahori" turizm majmuasida birinchi marta "Tandir Fest" festivali tashkil etiladi.

Festivalda hududlardan kelgan oshpazlar ishtirokida "Tandiri go‘shti"ni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, milliy an’analar va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmalari, madaniy-hunarmandchilik yarmarkalari, havo sharlari uchirish tadbirlari jonli kuy-qo‘shiqlar, folklor jamoalar chiqishlari hamda milliy raqslar namoyishi, shuningdek, festivalning yopilish marosimida taniqli san’atkorlar ishtirokidagi galakonsert tomoshalari o‘rin olgan.
Keling, marhamat qiling, oilaviy va do‘stlaringiz bilan birgalikda xotiralarga boy, mazmunli dam oling!
