Xorazm tarixi BBC nigohida
2025-04-16 15:55:00 / Yangiliklar
Dunyoning eng nufuzli axborot platformalaridan biri — BBC News orqali O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri Xivaning tarixiy va madaniy manzaralari tez orada butun dunyoga namoyish etiladi.

Bu tashabbus Turizm qo‘mitasi hamda Buyuk Britaniyaning “Dars Consulting” kompaniyasiga qarashli ijodiy guruh tomonidan amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekiston shaharlarida quyosh chiqishi” nomli maxsus video loyihaning navbatdagi manzili sifatida Xiva tanlandi.
Hozirda ijodiy guruh Xorazm viloyatida bo‘lib, mintaqaning turizm salohiyatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishni maqsad qilingan.







