Guanchjoudagi festivalda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati yorqin namoyon etildi
2025-04-10 09:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Guandun provinsiyasi universitetlarida ta’lim olayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikda mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va uning hududlari bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Festivalning eng yorqin hamda mashhur stendlaridan biriga aylangan O‘zbekiston stendida, xalq hunarmandchiligi, amaliy-bezak san’ati namunalari, shuningdek, qandolat mahsulotlari, quruq mevalar va milliy taomlar namoyish etildi.
Ishtirokchilarning alohida e’tiborini Buyuk Ipak yo‘lining Samarqand, Buxoro va Xiva kabi mashhur shaharlaridagi tarixiy yodgorliklarga, shuningdek, madaniy, ekologik va gastronomik turizmga bag‘ishlangan dasturlar jalb etdi.
Festival yakunida O‘zbekiston stendi “Eng nafis dizayn” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
