Xivada ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar yarmarkasi tashkil etildi
2025-03-28 17:15:00 / Yangiliklar

Yarmarkada mahalliy ustalarning milliy hunarmandchilik mahsulotlari va rasmlari ko‘rgazmasi, ichki turizm sohasida yangi hamkorlik loyihalarining taqdimotlari, tadbirkorlar, iste’molchilar va davlat idoralari o‘rtasida B2B va B2C uchrashuvlari tashkil etilib, viloyatning sayyohlik salohiyatini oshirish yo‘llari va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda ishtirok etgan yoshlar nafaqat turizm sohasi bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishdi, balki soha mutaxassislari bilan bevosita muloqot qilib, kelajakdagi professional yo‘nalishlarini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Yarmarka so‘ngida ichki turizm sohasi vakillariga viloyat turizm boshqarmasining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.


