BBC o‘zining yangi dasturida o‘zbek oshxonasi sirlarini ochib bermoqda
2025-02-27 10:30:00 / Yangiliklar

Gastronomik turizm ishqibozlari uchun bu O‘zbekistonning oshpazlik xazinalari haqida bilish va, ehtimol, yurtimizning betakror madaniyati hamda an’analari bilan shaxsan tanishish uchun sayohatga chiqish imkoniyatidir.
Ko‘rsatuvda oshpaz-yozuvchi Nik Kvekis Buyuk Ipak yo‘lining boy merosiga ega, jadal o‘zgarayotgan va rivojlanayotgan O‘zbekiston bo‘ylab gastronomik sayohatga chiqadi. Dastur nafaqat noyob pazandalik an’analarini, balki mamlakat tarixi va madaniyatining mahalliy oshxonaga qanday ta’sir ko‘rsatganini ham ochib beradi.
O‘zbek taomlarini jahon miqyosida taqdim etayotgan zamonaviy oshpazlarga alohida e’tibor qaratilgan. Tomoshabinlar samarqandlik novvoylarning mahoratini ko‘rishlari va dunyodagi eng mashhur navlardan biriga aylangan turli xil qovunlar haqida ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.
