Tojikiston sayyohlik kompaniyalari va OAV vakillari Surxondaryoning sayyohlik salohiyati bilan tanishdilar
2025-02-26 09:00:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish maqsadida Tojikiston Respublikasining yetakchi sayyohlik kompaniyalari vakillari, turizm blogerlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida “Roudshou” tashkil etildi.

Dastlab, mehmonlar Sariosiyo tumanining diqqatga sazovor joylari, xususan, gastronomik turizm rivojlanayotgan Tandiri kabob markazi, shuningdek, “Sangardak” sanatoriysi va “Sangardak” sharsharasi hamda yangi barpo etilayotgan turizm markaziga tashrif buyurishdi.
So‘ngra tojikistonlik mehmonlar Termiz va Sherobod tumanlaridagi ziyoratgohlar hamda turistik obyektlari faoliyati bilan bilan yaqindan tanishdilar.




