Turistlar oqimi ortmoqda: Euronews Özbekistondagi islohotlar haqida
2026-10-25 10:40:00 / Yangiliklar

Naşr ma’lumotlariga köra, 2025-yilda Özbekistonga rekord darajada 11,7 million xorijiy fuqaro taşrif buyurgan. UN Tourism ma’lumotlariga köra, 2026-yilning birinçi çoragida xalqaro taşriflar 37 foizga oşib, Özbekiston turistlar oqimi eng jadal ösayotgan beşta davlat qatoriga kirgan. Joriy yilning yetti oyida mamlakatga 7,7 milliondan ortiq xorijiy fuqaro kelgan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 22,6 foiz köp. Turistik xizmatlar eksporti esa qariyb 3,5 milliard yevroni taşkil etgan.
Maqolada “Oçiq turizm – 2026” mavsumi doirasidagi qöllab-quvvatlaş çoralariga ham töxtalib ötilgan. Yangi yönaliş oçayotgan aviakompaniyalarga har bir xorijiy turist uçun 89 yevro subsidiya va aeroport xizmatlariga 20 foiz çegirma beriladi. Turoperatorlar esa ayrim xorijiy bozorlardan jalb etilgan har ming turist uçun 4 460 yevrogaça mablağ olişi mumkin. Şuningdek, Samarqand xalqaro aeroportida yölovçilar oqimi 2022-yildan buyon uç barobar oşgani, “Jaloliddin Manguberdi” poyezdi esa Toşkent–Xiva yölini 14 soatdan 7,5 soatga qisqartirgani qayd etilgan.
Viza rejimini liberallaştiriş ham turistlar oqimiga sezilarli ta’sir körsatmoqda: 90 dan ortiq davlat fuqarolari Özbekistonga vizasiz taşrif buyurişi mumkin. Jumladan, Xitoy bilan 30 kunlik özaro vizasiz rejim joriy etilgaç, 2025-yil yakunida uşbu davlatdan kelgan turistlar soni 2023-yilga nisbatan olti baravardan ziyod oşgan. Mamlakatda 50 dan ortiq turistik qişloq va mahalla taşkil etilib, yangi toğ kurortlari rivojlantirilmoqda.
Naşr Özbekistonda turizmni rivojlantirişning 2026–2030-yillarga möljallangan strategiyasiga ham e’tibor qaratgan. Unga köra, xorijiy taşrifçilar sonini yiliga 20 millionga, sohaning yalpi içki mahsulotdagi uluşini 7 foizga, turistik xizmatlar eksportini esa 6 milliard dollarga yetkaziş közda tutilgan.
Maqolada sözga çiqqan xorijiy sayyohlar Özbekistondagi xavfsizlik, tarixiy obidalarning yaxşi saqlangani va aholining mehmondöstligini yuqori baholagan.



