21-oktyabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan Turizm qömitasi raisining tabrigi
2026-10-21 08:20:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Aziz yurtdoşlar!
Hurmatli turizm sohasi vakillari!
Sizlarni 21-oktyabr — Özbek tili bayrami kuni, ona tilimizga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Ona tilimiz — milliy özligimiz, boy tariximiz, madaniyatimiz va ma’naviy merosimizning bebaho xazinasidir. Uning sofligini asraş, nufuzini yuksaltiriş va dunyoga keng tarğib etiş barçamizning şarafli burçimizdir.
Turizm sohasi bu borada öziga xos imkoniyatlarga ega. Zero, yurtimizga taşrif buyurgan har bir sayyoh tarixiy obidalarimiz, milliy an’analarimiz va mehmondöstligimiz bilan birga, özbek tilining jozibasi va xalqimizning yuksak muomala madaniyatidan ham bahramand bölişi muhim.
Şu maqsadda xorijiy sayyohlar uçun kundalik muloqotda eng köp qöllaniladigan özbekça söz va iboralardan iborat maxsus luğat işlab çiqilmoqda. Şuningdek, turizm xizmatlari standartlariga xorijiy mehmonlarni özbek tilida samimiy kutib oliş, salomlaşiş, xuşmuomalalik va milliy an’analarimizga xos takalluf körsatiş madaniyati bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda.
Işonamizki, bunday taşabbuslar xorijlik mehmonlarning mamlakatimiz haqidagi iliq taassurotlarini boyitiş bilan birga, özbek tilining xalqaro miqyosda tanilişiga ham xizmat qiladi.
Aziz vatandoşlar!
Ona tilimizni e’zozlaş, uni kundalik hayotimizda va kasbiy faoliyatimizda munosib qöllaş orqali milliy qadriyatlarimizni yanada uluğlaylik!
Uşbu qutluğ ayyomda barçangizga mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Ona tilimizning qadri hamişa yuksak, uning jozibasi va şuhrati dunyo böylab taralsin!
Özbek tili bayrami muborak bölsin!
Hurmat bilan,
A. Aqqulov
Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi raisi
