Amerikalik sayohat blogeri Özbekistonni oilaviy dam oliş uçun tavsiya qildi: “Bolalar bilan sayohat uçun ajoyib manzil”
2026-10-23 10:35:00 / Yangiliklar

Sayohat blogeri Samanta Russel (@thecolorsofsam) turmuş örtoği va ikki farzandi bilan Özbekistonga qilgan sayohati haqida Instagram sahifasida bir turkum postlar e’lon qildi. 240 mingdan ortiq obunaçiga ega bloger yurtimizni oilaviy sayohat uçun qulay va xavfsiz manzil sifatida tavsiya etib, boşqa oilalarni ham Özbekistonga kelişga çorladi.
Blogerning yozişiça, Markaziy Osiyo avval uning rejalarida bölmagan, biroq safardan söng u Özbekiston hali köpçilik bilmaydigan ajoyib manzil ekaniga amin bölgan. Uning fikriça, Buyuk ipak yöli şaharlari va betakror me’moriy obidalarga boy yurtimiz dunyo sayyohlari uçun hali töliq oçilmagan.
Bloger Toşkent, Samarqand va Buxoro böylab 7–10 kunlik sayyohlik yönalişini tavsiya qilgan, vaqti borlarga esa Xivani ham qöşişni taklif qilgan. Uning sözlariga köra, şaharlar orasida “Afrosiyob” tezyurar poyezdida harakatlaniş bolalar bilan ham qulay.
Turkumning alohida postlari Registon ansambli, Şohi Zinda majmuasi hamda bloger uçun kutilmagan kaşfiyot bölgan Toşkentdagi “Magic City” majmuasiga bağişlangan.
Bloger ota-onalarga amaliy maslahatlar ham bergan: bolalar bilan kuniga 1–2 ta asosiy obyektni rejalaştiriş, çaqaloq kötargiç yoki yengil aravaça oliş hamda aprel–may yoki sentyabr–oktyabr oylarida keliş. Uning ta’kidlaşiça, Özbekiston sayyohlar uçun xavfsiz, mahalliy aholining samimiyligi esa bolalar bilan sayohatni yanada yoqimli qiladi.
Nufuzli blogerlarning bunday taassurotlari Özbekiston oilaviy turizm uçun ham jozibador manzilga aylanib borayotganidan dalolat beradi.




