“Gulf Times” öz auditoriyasini Özbekistonning tarixiy obidalari va mehmondöstligini kaşf etişga çorladi
2026-10-21 17:05:00 / Yangiliklar
Qatarning “Gulf Times” naşri Instagram sahifasida Özbekiston haqida post eʼlon qildi. Post “Navbatdagi sayohat manzilingizni rejalaştirdingizmi?” degan savol bilan boşlanib, obunaçilarni Özbekistonning tarixiy obidalari va asl mehmondöstligini kaşf etişga çorlaydi.

Naşrda Özbekistonga taşrif buyurgan xorijiy turistlar soni 10,3 milliondan oşgani hamda 20,4 foizlik ösiş qayd etilgani taʼkidlangan.
Qayd etiş kerakki, 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonga 10,3 million nafar xorijiy fuqaro turistik maqsadda kelgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,7 million kişiga köp.
Uzoq xorijiy bozorlardan kelayotgan sayyohlar soni ham ortmoqda. Yaponiyadan kelgan turistlar 1,5 baravar, AQŞdan 1,4 baravar köpaygan. Germaniya va Buyuk Britaniyadan kelganlar soni 25 foiz, Fransiyadan 21 foiz, Turkiyadan 15 foizga oşgan.
Hisobot davrida turizm xizmatlari eksporti 5,3 milliard dollarni taşkil etgan.
