“Al-Raya” arabzabon auditoriyani Oʻzbekistonga sayohatga chorlamoqda
2026-10-19 16:05:00 / Yangiliklar

Samarqanddagi Registon ansambli tasviri bilan bezatilgan materialda Oʻzbekiston turizmining 2026-yil toʻqqiz oylik koʻrsatkichlari keltirilgan. Unga koʻra, yanvar–sentyabr oylarida mamlakatga 10,3 million nafar xorijiy turist tashrif buyurgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 20,4 foiz koʻp. Turizm xizmatlari eksporti esa 5,3 milliard dollarni tashkil etgan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, turizm xizmatlari eksporti 2025-yilning yanvar–sentyabr davriga nisbatan 51,2 foizga oʻsgan. Faqat sentyabr oyining oʻzida mamlakatga 1,2 million nafar turist kelgan.
Hisobot davrida eng yuqori oʻsish Xitoydan kelgan sayyohlar soni boʻyicha kuzatildi: bu koʻrsatkich 2,1 baravar oshgan. Malayziyadan kelganlar 1,9 baravar, Misr va Ruminiyadan 1,8 baravar, Indoneziyadan 1,7 baravar koʻpaygan.
