Qoraqalpog‘istonda “YONAR” xalqaro festivali o‘tkaziladi
2026-08-15 13:25:00 / Yangiliklar
2026-yil 16–19-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi “Borsakelmas sho‘rxokligi” hududida “YONAR” xalqaro eksperimental san’at va kreativ turizm festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival zamonaviy san’at, ijodkorlik, kreativ industriyalar va turizmni birlashtirib, Qoraqalpog‘istonning tabiiy landshaftlari va turizm imkoniyatlarini xorijiy auditoriyaga tanishtirishga qaratilgan.
Tadbir doirasida mahalliy va xorijiy OAV vakillari, blogerlar hamda kontent yaratuvchilar uchun infoturlar tashkil etilib, tayyorlanadigan foto va videomateriallar xalqaro va raqamli platformalarda targ‘ib qilinadi.
Festival hududida mehmonlar uchun zarur infratuzilma — ovqatlanish va sanitariya-gigiyena shoxobchalari, ichimlik suvi hamda kamida 15 ta o‘tov tashkil etilishi rejalashtirilgan.



