Dizaynerlar uchun “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi davom etmoqda
2026-08-01 17:25:00 / Yangiliklar

Mazkur bosqichda dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari mumkin.
Har bir ishtirokchi bir vaqtda barcha yo‘nalishda qatnashishi mumkin.
G‘oliblar 5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Taqdim etiladigan ishlar milliylikni aks ettirishi, zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi hamda amalda hunarmandlar tomonidan tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Eng yaxshi deb topilgan eskiz va dizaynlar asosida tanlovning ikkinchi bosqichida hunarmandlar tomonidan tayyor mahsulot namunalari yaratiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8
Arizalar 16-avgustga qadar qabul qilinadi.
“Uzbek Gift Contest” — milliy hunarmandchilik va zamonaviy dizayn uyg‘unligi!
