O‘zbekiston va Eron o‘rtasida turizm hamkorligi masalalari muhokama qilindi
2026-07-23 15:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish hamda sayyohlar almashinuvini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, mamlakatlarning turizm salohiyatini targ‘ib etish, sayyohlar almashinuvini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni ko‘paytirish, shuningdek, tibbiyot turizmi yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda Eron tomoni Eron fuqarolari uchun viza masalalarini soddalashtirish taklifini bildirdi.
Shuningdek, O‘zbekistonning turizm salohiyatini Eron bozorida keng targ‘ib etish, ikki mamlakatning boy tarixi va madaniy salohiyatidan kelib chiqib, mamlakatlar o‘rtasida sayyohlar almashinuvni izchil oshirish bo‘yicha kelishib olindi.


