Istanbulda O‘zbekiston ziyorat turizmi salohiyati namoyish etildi
2026-07-15 09:55:00 / Yangiliklar
Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida O‘zbekiston Umra ziyoratlari Assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Turizm qo‘mitasi va Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida “Ziyorat turizmi O‘zbekiston-Turkiya” xalqaro ko‘rgazmali tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 400 nafardan ortiq xorijiy mehmonxonalar, aviakompaniyalar, keytring kompaniyalari, yer xizmatlari firmalari va turoperatorlar xodimlari o‘z mahsulotlari bilan va 1500 nafar Turkiyaning soha vakillari ziyoratchi sifatida ishtirok etdi.
Ko‘rgazma doirasida o‘tkazilgan taqdimotlarda mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi, muqaddas qadamjolari, zamonaviy turizm infratuzilmasi hamda xorijiy ziyoratchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Keyingi tadbir joriy yilning 13-sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan.





