Turizm sohasidagi muammolar tadbirkorlar bilan birgalikda muhokama qilinmoqda
2026-07-06 20:50:00 / Yangiliklar

Unda turkompaniyalar, sug‘urta tashkilotlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, chiqish turizmi bozoridagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirishdi.
Ochiq muloqot davomida chiqish turizmi sohasida turoperatorlik va turagentlik faoliyati uchun litsenziya berish talablarini takomillashtirish, fuqarolarning xorijiy safarlari davomida xavfsizligini yanada kuchaytirish hamda turistlarni sug‘urtalash tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bunda xorij davlatlari tomonidan o‘z fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha joriy etilgan tizimlarni O‘zbekistonda qo‘llash bo‘yicha foydali takliflar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xorijga chiquvchi fuqarolar uchun sug‘urta tizimini samarali joriy etishning turli mexanizmlari muhokama qilindi. Jumladan, sug‘urtani turpaket tarkibida rasmiylashtirish, transport chiptalari orqali yoki davlat chegarasini kesib o‘tish jarayoni bilan bog‘lash bo‘yicha takliflar yuzasidan ishtirokchilarning fikrlari eshitildi.



