O‘zbekistonning turizm salohiyati Gruziya OAVlarida namoyish etilmoqda
2026-07-02 19:40:00 / Yangiliklar

Jumladan, Gruziya Jamoat teleradiokompaniyasi efirida O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, betakror diqqatga sazovor joylari hamda zamonaviy turistik yo‘nalishlari haqida maxsus lavha namoyish etildi.
Lavhada O‘zbekiston madaniy-ma’rifiy, gastronomik va tadbirlar turizmi uchun eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri sifatida keng yoritildi. Shuningdek, targ‘ibot materialida mamlakatimiz eng tez rivojlanayotgan sayyohlik manzili sifatida e’tirof etilib, O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, vizasiz rejimi hamda tezyurar poyezdlar va yangi mehmonxona loyihalari kabi zamonaviy infratuzilma yechimlari alohida qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Turizm qo‘mitasi raisi A.Aqqulovning Gruziya Jamoat teleradiokompaniyasi Bosh direktori Tinatin Berdzenishvili bilan uchrashuvida gruziyalik jurnalistlar, televidenie ijodiy guruhlari va mashhur blogerlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab info-turlar tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Tomonlar turistik mavzudagi videomateriallar, teleloyihalar va ko‘rsatuvlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ularni milliy telekanallar hamda raqamli platformalar orqali o‘zaro targ‘ib qilish masalasida ham hamkorlik qilishga kelishib olingan edi.
