O‘zbekistonning turistik yo‘nalishlari xilma-xilligi xorijiy auditoriyaga namoyish etiladi
2026-06-20 16:00:00 / Yangiliklar

Dastur Jizzax, Samarqand, Xorazm, Toshkent va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrini qamrab oladi. Tashrif davomida bloger mamlakatning bir qator hududlari bilan tanishib ulgurdi, oldinda esa uni yangi yo‘nalishlar va madaniy tadbirlar kutmoqda. Bunday format O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari rang-barangligini namoyish etish imkonini beradi. Dastur doirasida boy tarixiy-madaniy meros, tabiiy diqqatga sazovor maskanlar, zamonaviy turizm obyektlari hamda faol dam olish imkoniyatlari birlashtirilgan.
Tashrif davomida Xalaf Murvix o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston bo‘ylab sayohati haqida materiallar e’lon qilmoqda. Mualliflik kontenti orqali Qatar va Fors ko‘rfazi mintaqasidagi boshqa davlatlar auditoriyasi mamlakatning madaniyati, an’analari, tabiiy boyliklari va zamonaviy turistik qiyofasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Ushbu materiallar O‘zbekistonning xorijiy bozorlardagi tanilishini kengaytirish hamda respublikaga jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatida qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.






