O‘zbekiston TXIF-2026 doirasida turizm sohasiga investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etdi
2026-06-18 19:10:00 / Yangiliklar

Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov, “Boeing” kompaniyasining Yevrosiyo va Hindiston bo‘yicha tijorat sotuvlari bo‘yicha direktori Mario Antonio Ebsim, “Arxitektura va shaharsozlik portali” MCHJ bosh direktori Vladimir Juykov, Amerika–O‘zbekiston savdo palatasi ijrochi direktori Yelena Son-La Rokko, GEODATA PLUS bosh direktori Lyudmila Kuznetsova, “Governful” kompaniyasi loyihalar menejeri Natan Benson, shuningdek, Butunxitoy sanoat va savdo federatsiyasi qoshidagi Xitoy turizm palatasi raisi o‘rinbosari Chi Lu ishtirok etdi. Sessiyaga “The Independent” gazetasi bosh muharriri Jordi Greyg moderatorlik qildi.
Sessiya ishtirokchilari turizm infratuzilmasini rivojlantirish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va mamlakat iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biriga xalqaro kapitalni jalb qilish istiqbollarini muhokama qildilar.
Muhokama markazida aniq turistik tashabbuslardan tizimli investitsiya loyihalariga o‘tish bo‘lib, bunda turizm butun mintaqalarni rivojlantirish uchun kirish nuqtasiga aylanadi. Ishtirokchilar eng tez investitsiya sikliga ega bo‘lgan segmentlar — mehmonxonalarni rivojlantirish, sayyohlik majmualari va xalqaro oqimning o‘sishiga qaratilgan infratuzilma loyihalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Turizmni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasiga ko‘ra, sayyohlar oqimini 20 mln nafargayetkazish bilan bir qatorda, turizm xizmatlari eksportini 6 mlrd AQSH dollaridan oshirish, turistlarning o‘rtacha qolish muddatini 7–8 kungayetkazish hamda bir turistga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajatlar hajmini hozirgi 415 AQSH dollaridan 1 000 AQSH dollariga yetkazish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun transport aloqalarini yanada kengaytirish, zamonaviy mehmonxona va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, turizmning MICE-turizm, gastronomik, ekologik, ziyorat, kinoturizm va lyuks-turizm kabi yuqori daromadli segmentlarini ilgari surish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
“Bugungi kunda O‘zbekiston investorlarga nafaqat noyob sayyohlik resurslari va boy madaniy-tarixiy merosni, balki turizm loyihalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning keng qamrovli tizimini ham taklif etmoqda. Biz soliq imtiyozlari, subsidiyalar, imtiyozli moliyalashtirish va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratmoqdamiz”, — dedi O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov.
Bugungi kunda turizm O‘zbekiston iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. 2026-yilning dastlabki besh oyida mamlakatga 5,3 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37 foizga ko‘pdir. BMT Turizmning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston sayyohlik oqimining eng yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘lgan TOP-5 mamlakat qatoriga kirdi.
Bu natijalar ochiqlik siyosati va turizmni rivojlantirishga qaratilgan izchil islohotlar natijasidir: 95 mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim, 52 mamlakat uchun elektron viza tizimi, 45 mamlakat fuqarolari uchun esa vizasiz tranzitrejimi amal qilmoqda. Bundan tashqari, talabalar, olimlar, shuningdek, tibbiy va ziyorat turizmi uchun maxsus viza toifalari joriy etildi.
So‘nggi yillarda turizm infratuzilmasi jadal rivojlanib, mehmonxona va joylashtirish vositalari soni qariyb 9 barobar ko‘payib, 7 mingdan oshdi. Bugungi kunda mamlakatda Hilton, Marriott, InterContinental, Radisson, Holiday Inn, Wyndham, Mercure va boshqa 30 ga yaqin xalqaro mehmonxona brendlari faoliyat yuritmoqda.
Xalqaro kapital tomonidan O‘zbekiston turizm sohasiga qiziqishning ortishi institutsional islohotlar, turizm infratuzilmasining kengayishi va yangi sayohat yo‘nalishlariga global talabning kuchayishi bilan bog‘liq.






