VI xalqaro Strongmen-bahodirlar o‘yinlari g’oliblari aniqlandi
2026-06-15 14:25:00 / Yangiliklar
O’zbekiston Respublikasi Turizm qo’mitasi tashabbusi va Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan bahodirlar bellashuvining final bosqichi kutilganidan-da shiddatli va hayajonli kechdi. Ishtirokchilar so‘nggi kuch va mahoratlarini namoyish etib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni taqdim etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Muhammadali To’xtamatov (Oʻzbekiston)
2-o‘rin — Tiano Dean Russel Faapoi (Yangi Zelandiya)
3-o‘rin — Jokuzus Vilius (Litva)
G‘oliblar esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, xalqaro turnirda ishtirok etgan barcha bahodirlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Sovrinlarni Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Botir Saidov hamda Xiva shahar hokimi Temur Davletovlar tantanali ravishda topshirdilar.
Qadimiy Xiva mezbonlik qilgan VI xalqaro Strongmen-bahodirlar o‘yinlari kuch, iroda va xalqlar do‘stligining yorqin ifodasiga aylandi.









