«Ipak yo‘lida turizm» tematik ofisini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
2026-04-27 13:15:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 20 apreldagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va BMT Turizm o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkilotining «Ipak yo‘lida turizm» tematik ofisini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2025 yil 8 noyabr kuni Ar-Riyod shahrida imzolangan.
Turizm qo‘mitasi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalarini amalga oshirish ustidan nazoratni ta’minlaydi.
