Turizm qo‘mitasi sohadagi tadbirkorlarni O‘zbekiston milliy stendi tarkibida xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishga chorlaydi
2026-05-16 13:55:00 / Yangiliklar

Yil davomida O‘zbekiston milliy stendi quyidagi xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etadi: «SITF» (5–8-iyun, Seul, Koreya Respublikasi), «MATTA Fair» (4–6-sentyabr, Kuala-Lumpur, Malayziya), «IFTM Top Resa» (15–17-sentyabr, Parij, Fransiya), «Tourism Expo Japan» (24–27-sentyabr, Tokio, Yaponiya), «TTG Travel Experience» (14–16-oktyabr, Rimini, Italiya), «COITM» (14–16-oktyabr, Pekin, Xitoy), «WTM London» (3–5-noyabr, London, Buyuk Britaniya), «IBTM World» MICE (17–19-noyabr, Barselona, Ispaniya), shuningdek, «TITF» (25–27-noyabr, Toshkent, O‘zbekiston).
Mazkur ko‘rgazmalar turizm sohasining eng yirik xalqaro B2B platformalari hisoblanib, har yili dunyoning yetakchi turoperatorlari, aviakompaniyalari, mehmonxona tarmoqlari, investorlar va sohaviy tashkilotlarini birlashtiradi. Ushbu tadbirlarda ishtirok etish O‘zbekistonning turizm salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, yangi xorijiy bozorlarga chiqish, istiqbolli ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Turizm sohasi vakillarini O‘zbekiston milliy stendi tarkibida xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishga, o‘z turistik mahsulot va xizmatlarini keng xorijiy auditoriyaga taqdim etishga, xalqaro hamkorlar tarmog‘ini kengaytirishga hamda biznesini yangi bosqichga olib chiqishga taklif etamiz.
Ishtirok etish uchun arizalarni quyidagi havola orqali yuborish mumkin: Click
