Maltada O‘zbekistonning turizm sohasidagi istiqbolli rejalari taqdim etildi
2026-05-15 08:55:00 / Yangiliklar
BMT Turizm Yevropa komissiyasining 72-yig‘ilishining ikkinchi kuni Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov “Turizmni biz xohlagan kelajak sari yo‘naltirish: O‘sish, insonlar va sayyorani muvozanatlash siyosatlari” konferensiyasining yuqori darajadagi panel diskussiyasida ishtirok etdi.

Turizm qo‘mitasi raisi o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida turizm va yondosh sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Konferensiyadan so‘ng Malta Bosh vaziri o‘rinbosari - tashqi ishlar va turizm vaziri I.Borch bilan ikkitomonlama uchrashuv o‘tkazildi va xorij tomonining O‘zbekiston tashabbuslarini BMT Turizm maydonida har tomonlama qo‘llab-quvvatloviga erishildi va istiqbolda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.


