Toshkentda ilk bor Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuniga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi
2026-04-30 09:05:00 / Yangiliklar

Mazkur tashabbus asosida 2025-yil 29-aprelda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan 29 aprelni “Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi.
Rezolyutsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining zilzila qurbonlariga hurmat ko‘rsatish va ushbu sohada xalqaro hamkorlik zarurligini eslatish maqsadida xotira va hamjihatlik kunini ta’sis etish tashabbusiga asoslangan.
Rezolyutsiya BMTga a’zo davlatlar, BMT tizimi muassasalari va boshqa xalqaro tashkilotlarni ushbu xalqaro kunni nishonlashga ko‘maklashishga, jumladan, aholi xabardorligini oshirish, barqarorlikni mustahkamlash va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan axborot va ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishga chaqirgan.
Shu munosabat bilan, butun dunyoda zilzila oqibatlaridan jabrlangan va halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat va ehtirom ko‘rsatgan holda mazkur tadbirni ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazish taklif etildi, bu 1966-yilda Toshkent shahrida sodir bo‘lgan kuchli zilzilaning 60 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Xalqaro miqyosda ilk bor o‘tkazilgan “Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni” tadbirida 30 yaqin xorijiy davlatlardan 100 dan ortiq mutaxassislar qatnashdi.
Tadbir seysmik xavfsizlikni ta’minlash, zilzila oqibatlarini kamaytirish va aholini tayyorlash borasida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Unda ilg‘or xorijiy tajribalar almashilib, zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi hamda mintaqaviy va global darajada hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.




