MDH makonida turizmni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi
2026-04-28 18:15:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda shuningdek MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kotibiyati Kengashining tashkiliy boshqaruv bo‘limi boshlig‘i Diana Survilayte hamda Travel HUB “Hamdo‘stlik” loyihasi rahbari Yuliya Zaykova ham ishtirok etdilar.
Tomonlar Hamdo‘stlik hududida turizmni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Uchrashuv davomida Travel HUB “Hamdo‘stlik” xalqaro turizm forumi soha uchun dolzarb masalalarni muhokama qilish va MDH davlatlarining turizm salohiyatini taqdim etish uchun talab yuqori bo‘lgan platformaga aylangani qayd etildi. Forum allaqachon Belarus, Tojikiston va Rossiyaning Dog‘iston mintaqasida o‘tkazilgan. Tomonlar 2027-yilda Travel HUB “Hamdo‘stlik” forumini O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyatini muhokama qildilar.
Dmitriy Kobiskiy Assambleya tuzilmasida axborot, madaniyat, turizm va sport bo‘yicha ixtisoslashgan komissiya faoliyat yuritishini, unga an’anaviy ravishda O‘zbekiston vakillari rahbarlik qilishini ta’kidladi.
Tomonlar hamkorlikni davom ettirish, jumladan O‘zbekiston tomonining 1-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Travel HUB “Hamdo‘stlik” onlayn sessiyasida ishtirok etishi bo‘yicha kelishib oldilar.


