Turkiya delegatsiyasi bilan gastronomik turizm masalalari muhokama qilindi
2026-04-18 10:10:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning turizm salohiyatini festivallar va MICE tadbirlar orqali targ‘ib qilish, xususan mamlakatimizda xalqaro baklava festivalini o‘tkazish va baklava ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildilar.
Mehmonlar bugungi kunda Turkiyaning milliy shirinligi baklavani dunyo miqyosida ushbu davlatning tashrif qog‘ozi sifatida qabul qilinganligi sababli ko‘plab xorijiy davlatlarda “Xalqaro baklava festivali” tashkil etib kelinayotganligi haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya munosabatlari mushtarak til, din, tarix va madaniy qadriyatlarga asoslangan bo‘lib, bugungi kunda keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganligini inobatga olib, xorij tomoni navbatdagi festivalni Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning tarixiy shaharlarida o‘tkazish tashabbusini bildirdi.
Mazkur festival O‘zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan xalqaro darajadagi tadbirlarni o‘tkazish uchun qulay manzilligini va Turizm qo‘mitasining turizm sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi.



