Turizm qo‘mitasida O‘zbekiston–Fransiya o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi
2026-04-18 08:40:00 / Yangiliklar

Muzokaralar davomida tomonlar turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish hamda qo‘mita va shahar hokimligi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va boy madaniy merosini targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlari, O‘zbekiston va Fransiya hunarmandlari o‘rtasida qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek, an’anaviy o‘zbek san’atini Fransiya bozorida targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar Fransiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish choralarini, jumladan, marketing kampaniyalarini faollashtirish, turistik mahsulotlarni rivojlantirish va fransuz turoperatorlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashni ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi turizm almashinuvini yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy hamkorlikni davom ettirish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
