Samarqand va Navoiyda turizm marshrutlari bo‘ylab xalqaro marafon o‘tkaziladi
2026-04-16 14:50:00 / Yangiliklar

Mazkur marafon 25-apreldan boshlab 7 kun davomida Samarqand viloyatining Qo‘shrabot hamda Navoiy viloyatining Nurota va Konimex tumanlari hududlari bo‘ylab o‘tadi. Marafon umumiy uzunligi 200-250 kilometrni tashkil etadi.
Marafonda ishtirok etuvchi sportchilar va mehmonlar yo‘nalish bo‘ylab joylashgan tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar hamda betakror tabiiy manzaralar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, marafonni o‘tkazish orqali turistik so‘qmoqlar salohiyatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, ekologik turizmni rivojlantirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini ilgari surish, yoshlarni sportga jalb etish hamda xalqaro sport va turizm hamjamiyatlari e’tiborini O‘zbekistonga jalb etish, mamlakatimizning ijobiy imidjini mustahkamlash maqsad qilingan.
