O‘zbekiston va Indoneziya turizm sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda
2026-04-14 20:10:00 / Yangiliklar

Tomonlar turizm sohasida hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish, Indoneziyadan Samarqand va Buxoro viloyatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri avia qatnovlarni yo‘lga qo‘yish, yangi mehmonxonalar va indonez milliy taomlari restoranini ochish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.
Uchrashuvda, shuningdek, mamlakatimizga Indoneziyadan tashrif buyuradigan sayyohlar oqimini oshirish hamda O‘zbekistonda turizm yo‘nalishida yaratilgan imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish maqsadida indoneziyalik turoperatorlari uchun infotur tashkil etish taklifi ilgari surildi.
Muzokaralar yakunida “EGI-Resources” kompaniyasiga tegishli media korxona tomonidan O‘zbekiston turizm salohiyati targ‘ib qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.



