Uxum turizm qishlog‘ida “Sumalak sayli” festivali o‘tkazildi
2026-04-14 18:00:00 / Yangiliklar

Festivalda mahalliy va xorijiy sayyohlar hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Tadbir davomida milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari, xalq amaliy san’ati namunalari, an’anaviy so‘zana va kashtachilik ishlari taqdim etildi. “Bog‘don gullari” xalq folklor-etnografik jamoasining chiqishlari hamda o‘tkazilgan madaniy va ko‘ngilochar dasturlar ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Ayniqsa, milliy an’analar, urf-odatlar va qadimiy taomlar namoyishi orqali mehmonlar o‘zbek xalqining boy madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur tadbir doirasida hududning sayyohlik imkoniyatlarini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida yirik turoperator va turagentlar ishtirokida info-tur tashkil etildi.



