Poytaxtimizda VIII Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi
2026-04-02 15:10:00 / Yangiliklar

Sakkizinchi yil ketma-ket o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli sport tadbiri bugungi kunda mamlakatimizning eng yirik sport tadbirlaridan biri hisoblanadi. Unda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 15 000 nafardan ziyod ishtirokchi kutilmoqda.
Marafon World Athletics tomonidan beriladigan “World Athletics Label” maqomiga ega nufuzli xalqaro sport tadbiridir. Xalqaro marafonda qayd etilgan natijalar World Athletics tomonidan tan olinadi.
Ishtirokchilar Humo Arena oldidagi maydonda start olishadi.
Musobaqa quyidagi masofalarda o‘tkaziladi:
42.195 km – Marafon – Professional va katta maqsadli havaskorlar uchun klassik marafon masofasi.
21.097 km – Yarim marafon – Jiddiy masofaga tayyor bo‘lganlar uchun optimal chaqiriq.
10 km – Shahar o‘nligi – Shaxsiy rekordlar uchun tez va dinamik masofa.
5 km – Ommaviy yugurish – Yangi boshlovchilar va korporativ jamoalar uchun ideal start.
3 km – Nordic Walking – Skandinavcha yurish ixlosmandlari uchun masofa.
1 km – Kids Run – Birinchi yosh sportchilarni sinovi
600 m – Kids Run – Yosh sportchilar uchun bolalar yugurishi.
400 m – Kids Run – Eng kichik ishtirokchilar uchun eng qisqa masofa.
Nogironligi bo‘lgan sportchilar o‘rtasida alohida musobaqalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda fuqaroligidan qat’i nazar, barcha xohlovchi sportchilar va yugurish havaskorlari ishtirok etishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish veb-sayt orqali amalga oshiriladi.
