Samarqand World Triathlon Championship Series musobaqasini qabul qiladi
2026-04-02 13:20:00 / Yangiliklar
2026 yil 25–26 aprel kunlari Samarqand shahrida “World Triathlon Championship Series” (WTCS) bosqichi o‘tkaziladi. Musobaqalarda jahon chempionati uchun raqobatlashayotgan eng yaxshi triatlonchilar ishtirok etadi.

Musobaqa jahon darajasidagi startlar uchun juda mos bo‘lgan zamonaviy va keng “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazi hududida bo‘lib o‘tadi.
WTCS Samarqand – jahon sportining yurtimizga kirib kelishi, yosh sportchilar uchun kuchli ilhom manbai, havaskor va professional triatlon rivoji uchun yangi sur’at hamda O‘zbekistonning global sport maydonida yanada ishonchli va baland ovoz bilan namoyon bo‘lishiga xizmat qiladigan muhim qadamdir.
