Toshkent va Anqara o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshirilmoqda
2026-04-02 12:30:00 / Yangiliklar

2026-yil 1-aprel kuni Toshkent shahrida turizm va aviatsiya sohalari vakillari ishtirokida tarmoq tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida loukoster segmentida faoliyat yurituvchi Turkiyaning AJet aviakompaniyasi tomonidan “Toshkent – Anqara” yo‘nalishidagi aviaqatnovlar soni har kunlik darajaga oshirilishi e’lon qilindi. Tadbirda tegishli idoralar va soha kompaniyalari vakillari qatnashdi.
Reyslar sonining oshirilishi O‘zbekistonga xorijiy sayyohlar qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda yanada barqaror va qulay aviqatnovlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Muntazam parvozlar safarlarni rejalashtirishda moslashuvchanlikni oshiradi, tranzit yo‘nalishlar imkoniyatlarini kengaytiradi hamda Anqara orqali Yevropa va boshqa mintaqalarga qatnovlarni yanada qulaylashtiradi. Bu esa umuman olganda xalqaro turistlar oqimining o‘sishiga va mamlakat turizm infratuzilmasining rivojlanishiga xizmat qiladi.




