Turizm qo‘mitasida rais o‘rinbosarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-03-26 18:55:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasida rais o‘rinbosari Sandjar Tadjiyev ishtirokida yoshlar va talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida rais o‘rinbosari turizm sohasida amalga oshirilayotgan joriy o‘zgarishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi, jahon bozoridagi asosiy tendensiyalarni belgilab berdi hamda bugungi kunda soha mutaxassislariga qo‘yilayotgan talablar haqida so‘zlab berdi.
Alohida e’tibor talab yuqori bo‘lgan kadrlarni tayyorlash masalalariga qaratildi: talabalarning amaliyot o‘tash imkoniyatlari, ularning kasbiy moslashuvi va keyingi ishga joylashuvi muhokama qilindi. Ishtirokchilar, shuningdek, tadbirkorlik faolligini rivojlantirishga qaratilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash choralari, istiqbolli g‘oyalar va startaplarni amalga oshirish uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar turizm sohasining rivoji, amaliyot imkoniyatlari va kasbiy istiqbollar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S. Tadjieyv yoshlarni sohaning professional hayotiga jalb etish muhimligini ta’kidlab, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.
Tadbir bilim almashish va g‘oyalarni muhokama qilish uchun foydali maydonga aylandi, talabalar esa o‘z kasbiy rivoji uchun yangi yo‘nalishlarga ega bo‘lishdi.







