Toshkentda ziyorat turizmini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi
2026-03-18 12:35:00 / Yangiliklar

Konferensiyada ziyorat turizmini rivojlantirish, uning mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta'siri, muqaddas joylar atrofida barqaror infratuzilmani rivojlantirish, mahalliy aholi va turizm sanoati manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash bilan bog'liq dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Tadbirda mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar va turizm sohasidagi mutaxassislar ishtirok etadi.
Sana: 2026-yil 31-mart
Vaqt: 10:00 – 13:00
Manzil: Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti (Toshkent, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko'chasi, 28).
Onlayn ishtirok (Zoom): https://surl.li/spjoxn
Konferensiyada ishtirok etish uchun olimlar, tadqiqotchilar, turizm mutaxassislari va barcha manfaatdor tomonlarni taklif etamiz.
