Moskvada O‘zbekistonning “Туризм.РФ” korporatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-03-16 12:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S. Tadjiyev Moskvada “Туризм.РФ” korporatsiyasi bosh direktori S. Krasnoperov bilan uchrashdi.

Tomonlar turizm infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
O‘zbekiston tomoni Rossiya korporatsiyasining investitsiyaviy master-rejalarni ishlab chiqish, kurort klasterlarini yaratish va turizm sohasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash borasidagi tajribasini o‘rganishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda muntazam ishchi muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

