Turizm qo‘mitasida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
2026-03-14 12:05:00 / Yangiliklar

Turizm qo‘mitasi xodimlari ushbu tashabbusga g‘ayrat bilan qo‘shilib, idoraning tashqi va ichki hududida yig‘ishtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, gul ekildi.
Hasharda qatnashish nafaqat mahallalarni obodonlashtirishga hissa qo‘shish, balki ekologik va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishning muhim bosqichiga aylandi. Hamkorlikdagi mehnat xodimlarning tashkiliy, o‘zaro hurmat va birdamliklarining yaqqol namoyon bo‘lishi va jamoatchilik ahamiyatiga ega vazifalarni bajarishda muhim o‘rin egallaydi.
Turizm qo‘mitasi bunday tadbirlarning ichki turizmni rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidlaydi. Toza, parvarishlangan va ko‘m-ko‘k hududlar mamlakatning ijobiy qiyofasini yaratib, ham mahalliy aholi, ham sayyohlar uchun qulay muhitni shakllantiradi.









