O‘zbekiston turizm salohiyati Pokistonning mashhur “Noor-e-Ramzan” teleshousida namoyish etildi
2026-03-12 11:35:00 / Yangiliklar

Ko‘rsatuvda mamlakatimizning Pokistondagi elchixonasi maslahatchisi Ravshan Alimov hamda O‘zbekistonning Pokistondagi turizm brendi elchisi, Naqshbandiya silsilasi rahnamosi Shayx Muhammad Naqib ur-Rahman Hamid Mahmud Chaudri ishtirok etishdi.
Dastur davomida Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi turizm, mehmonxona biznesi hamda madaniy meros sohalaridagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda turizm sohasini iqtisodiyotning strategik drayveriga aylantirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, tomoshabinlar mamlakatimizning ziyorat turizmi imkoniyatlari hamda Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarining boy tarixiy merosi haqida maʼlumot olishdi. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan mamlakatimizning tarixiy va madaniy ziyoratgohlariga bag‘ishlangan maxsus videoroliklar ham namoyish etildi.
Dasturda haftasiga ikki marta amalga oshirilayotgan “Toshkent–Islomobod” va “Toshkent– Lahor” to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar O‘zbekiston va Pokiston xalqlarini yanada yaqinlashtirishga muhim ahamiyat kasb etayotganiga alohida ta’kidlandi.
Ko‘rsatuv doirasida O‘zbekiston diplomati oilasi tomonidan o‘zbek milliy taomi – Toshkent to‘y oshini tayyorlandi. Shuningdek, o‘zbek somsasini tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. Milliy shirinliklar – nisholda, sumalak, Qo‘qon holvasi va chak-chak tayyorlash anʼanalari haqida maʼlumot berildi. Dastur yakunida tayyorlagan osh iftorlik dasturxoniga tortildi.

