Chet el fuqarolariga QQSni qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yildi
2026-03-10 16:40:00 / Yangiliklar

Qarorga ko‘ra 2026 yil 1 apreldan boshlab:
respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida chet el fuqarolariga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ni qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
chet el fuqarolariga ularning ixtiyoriga asosan QQSini naqd pulda qaytarib olish imkoniyati yaratiladi. Bunda QQSning belgilangan stavkasi miqdorining 85 foizi chet el fuqarosiga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarishga, 15 foizi "tax free" tizimi operatorining xizmatlariga yo‘naltiriladi;
QQSini chet el fuqarolarining bank kartasiga qaytarish tovarlar olib chiqib ketilgan kundan keyin 3 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi;
chet el fuqarolariga QQSni qaytarishda minimal xarid qiymati qo‘shilgan qiymat solig‘ini inobatga olgan holda 300 ming so‘m etib belgilanadi;
"tax free" tizimi tatbiq etiladigan tovarlarning chegaralangan ro‘yxati (bundan oziq-ovqat mahsulotlari mustasno) bekor qilinadi.
Qarordagi muhim o‘zgarishlar:
Endilikda QQSni qaytarish tizimi nafaqat aeroport va vokzallarda, balki chegara bojxona postlarida ham bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shuningdek, tizimga nafaqat yirik savdo markazlari, balki chakana savdo shoxobchalari ham keng jalb qilinadi.
Chet el fuqarolari uchun xarid qilingan tovarlar uchun QQSni qaytarib olish jarayonlari soddalashtiriladi. Hisob-kitoblar shaffofligini ta’minlash maqsadida raqamli texnologiyalar va mobil ilovalar imkoniyatlaridan keng foydalaniladi.
Byudjet va korporativ buyurtmachilar tovar va xizmatlarni, shu jumladan, audit va soliq maslahati xizmatlarini birinchi navbatda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatlarini majburiy tartibda o‘rganadilar. Buning uchun new.cooperation.uz portali asosiy platforma bo‘lib xizmat qiladi.
