Fuqarolarimiz murojaatlari uchun maxsus Telegram bot ishga tushirildi
2026-03-08 15:35:00 / Yangiliklar
Yaqin Sharq mamlakatlariga turoperator va turagentlar xizmatlari orqali sayyohlik maqsadida borgan fuqarolarimiz noqulay vaziyatlarda qolib ketishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan maxsus Telegram bot @tourism_murojaat_bot ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali mamlakatimiz fuqarolari o‘zlari haqida yoki ularning yaqin qarindoshlari tomonidan ma’lumotlarni kiritgan holda Turizm qo‘mitasini xabardor qilishlari mumkin. Mazkur ma’lumotlar asosida mamlakatimiz fuqarolariga birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish choralari ko‘rilishi ma’lum qilinadi.
Barcha yurtdoshlarimizni ushbu bot orqali murojaat qoldirishda aniq va to‘liq ma’lumot taqdim etishga chaqiramiz.
