“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
2026-03-05 15:55:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va uning tizimida yoshlarni turizm sohasiga jalb etish va bu yo‘nalishda zarur kadr sifatida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S. Bobokalonov ishtirokida “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Xiva turizm va madaniy meros texnikumida tahsil olayotgan talabalar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning sohaga oid bilimlari, fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va turizm sohasidagi kelajakdagi imkoniyatlar haqida kengroq tushunchaga ega bo‘ldilar.






