Alisher Navoiy xotirasiga ehtirom
2026-02-09 17:55:00 / Yangiliklar
Bugun erta tongdan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida buyuk shoir, mutafakkir, jahon adabiyoti daholaridan biri Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi xodimlari qatnashdilar va o‘zbek adabiy tili asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimida ishtirok etdi.


