Polshalik professor ishtirokida O‘zbekiston turizmini targ‘ib qilishning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilinadi
2026-02-02 10:50:00 / Yangiliklar
Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida xodimlar, doktorantlar hamda professional gidlar ishtirokida “O‘zbekiston turizmini yangi kontent orqali targ‘ib qilish yo‘llari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Polsha Respublikasining Poznan shahrida joylashgan A. Mitskevich nomidagi universitet professori Kristofer Kortenning O‘zbekistonga tashrifi doirasida tashkillashtirilmoqda.
Mazkur davra suhbati doirasida O‘zbekiston turizm salohiyatini zamonaviy raqamli va kreativ kontent orqali targ‘ib etish, yangi kommunikatsiya yondashuvlari, kontent yaratishda innovatsion vositalardan foydalanish, shuningdek, amaliy tajriba va takliflar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Davra suhbati 2026-yil 4-fevral kuni, soat 10:00 bo‘lib o‘tadi.
