Turizm qo‘mitasi raisining yangi o‘rinbosarlari tanishtirildi
2026-01-29 20:40:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Suhrobjon Ramazanovich Bobokalonov hamda Sandjar Shuxratovich Tadjiyev O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.

Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Djamshid Abdusalamovich Abdusalamov va Sardor Muxtarovich Niyazov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari lavozimlaridan ozod etildi.
