O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida Umra ziyoratlari bo‘yicha hamkorlik mustahkamlanmoqda
2026-01-27 10:05:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi (UZSAA) raisi Sherzod Sami hamda Xalqaro yarmarkalar departamenti boshlig‘i Hakan Shahin tomonidan O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida Umra ziyoratlari bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Indoneziya davlatining Jakarta shahrida tashkil etilgan ushbu tadbirda Indoneziyaning Haj va umra vaziri Doktor Muxammad Irfon Yusuf janobi oliylari ishtirok etdi.
Tadbir davomida UZSAA rahbariyati bilan Indoneziya davlatining ASPHURINDO, KESTHURI, BERSATHU, KBB HAJI, AMPHURI, ASITA, AMPUH va AMUHI Assotsiatsiyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-yanvardagi “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 6-sonli qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan.



