Tadbirkorlar bilan birga turizmni rivojlantirish sari
2026-01-26 11:45:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan turizm sektoriga yuklatilgan yangi vazifa va topshiriqlarni ijrosini ta’minlash hamda sohadagi tadbirkorlarga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi rahbariyati 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026-yilga qo‘yilgan rejalar yuzasidan hududlar kesimida taqdimot o‘tkazib, kelgusi rejalar borasida fikr almashadi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarini aniqlash hamda ularga birgalikda yechim topish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu uchrashuvlar respublika bo‘ylab barcha hududlarda joriy yil 28-yanvardan 27-fevralgacha tashkil etiladi.
Dastlabki uchrashuv 28-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida (Jipek Joli ko'chasi, 23 uy) bo‘lib o‘tadi. (Uchrashuv yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot: Ikrom O‘rozboev (97)359-22-33).
Mazkur uchrashuvga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting
Barcha tadbirkorlarni uchrashuvlarda faol ishtirok etishga chaqiramiz!
