Turizm qo‘mitasida “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi
2026-01-17 09:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning turizm sohasi rivojiga ta’siri hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ishtirokchilar Murojaatnomada ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyatini muhokama qilib, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida turizm salohiyatini oshirish, milliy merosni targ‘ib qilish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Bu jarayon xodimlarning sohadagi islohotlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar jamoaning siyosiy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga, davlat siyosatini chuqur anglashga hamda oldinda turgan vazifalarni samarali amalga oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.



