2026-yil 1-10-yanvar kunlari respublika bo‘ylab “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi
2025-12-29 17:45:00 / Yangiliklar

Ushbu haftalik doirasida respublikadagi joylashtirish vositalari tomonidan 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi.
Shu bilan birga, Madaniy meros agentligi va “Vaqf” xayriya fondi tasarrufidagi ziyoratgohlarga yoshlar 10 foizlik chegirma bilan kirishi belgilandi.
“Uzbekistan Airways” AJ tоmonidan o‘rta maxsus, professional vа oliy ta’lim muassasalari talaba (o‘quvchi)lari uchun 2025-yil 26-dekabrdan 2026-yil 11-yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarda iqtisodiy toifadagi tariflaridan 50% chegirma taqdim etiladi.
Bundan tashqari, Haftalik doirasida yoshlarning ta’tilini mazmunli o‘tkazish maqsadida respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan konsert-tomosha tadbirlari ro‘yxati shakllantirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ–399-son qaroriga muvofiq, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat teatrlarining spektakllariga bepul kiritilishi belgilangan.
Qayd etish joizki, “Yoshlar turizmi haftaligi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-232-sonli qaroriga muvofiq oʻtkazilib kelinmoqda.
“Yoshlar turizmi haftaligi”da faol ishtirok eting – O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!
