Xanchjou va Suchjouda O‘zbekiston turizmi yili
2025-12-20 14:45:00 / Yangiliklar
“Xitoyda O‘zbekiston turizmi yili” dasturi doirasida Xanchjou va Suchjou shaharlarida “O‘zbekistonga sayohat qiling” turistik roudshou tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda Xanchjou va Suchjouning 200 dan ortiq yetakchi sayyohlik kompaniyalari, mehmonxona biznesi hamda xususiy aviakompaniyalar vakillari ishtirok etdilar.
Mehmonlar O‘zbekiston turizm salohiyati, xususan, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi yangi sayyohlik yo‘nalishlari va manzillari bilan tanishdilar.
Tadbirlar doirasida B2B uchrashuvlari ham o‘tkazilib, unda O‘zbekiston va Xitoy sayyohlik kompaniyalari hamda hududlari o‘rtasida yangi 2026-yilgi sayyohlik mavsumida turistlarni jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.









