Turizm qo‘mitasi delegatsiyasi “Travel Hub. Keling. Qish” Sankt-Peterburg xalqaro turizm forumida ishtirok etdi
2025-12-15 11:40:00 / Yangiliklar

Forum doirasida MDH Parlamentlararo Assambleyasi tomonidan tashkil etilgan ishchi sessiya o‘tkazildi. Unda ekspertlar Hamdo‘stlik makonini yagona, jozibador va qulay turistik yo‘nalish sifatida shakllantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Turizm qo‘mitasi vakillari O‘zbekistonning sanoat turizmini rivojlantirish borasidagi muvaffaqiyatli tajribasi haqida ma’lumot berdilar. Toshkent, Samarqand va Buxorodagi sanoat korxonalariga tashriflar allaqachon amaliy natijalar bermoqda: xorijiy kompaniyalar bilan shartnomalar tuzildi. Shuningdek, raqamli platformalardan foydalangan holda Rossiya kompaniyalari xodimlari uchun maxsus turistik dasturlar ishlab chiqildi.
Taklif etilgan tashabbuslarni 2026 yil aprel oyida Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan “Travel Hub. Hamdo‘stlik” forumida muhokama qilish va rivojlantirish rejalashtirilgan.





